Dastur
«Byurokratiyani bartaraf etish – 2030» dasturi — fuqarolarni davlat boshqaruvi va davlat xizmatlarini takomillashtirish jarayoniga jalb etishga qaratilgan tashabbusdir.
Dastur doirasida fuqarolar ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish yoki bartaraf etish, jarayonlarni soddalashtirish, ularning shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan g‘oyalar, takliflar, tavsiyalar hamda murojaatlarni yuborishlari mumkin.
Dasturining asosiy vazifalari:
Fuqarolarning hayot sifatini davlat xizmatlariga tez va qulay kirish imkoniyati orqali yaxshilash
Tadbirkorlikni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshirish
Raqamli va davlat boshqaruvi sohalarida mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish
Ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlar shaffofligini oshirish orqali suiiste’molliklar xavfini kamaytirish
«Byurokratiyani bartaraf etish – 2030» dasturi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi